Asosiy matnga oʻtish
haqdodiy
CV Menga yozing
Menyu

Usta shu odam

Alijon Haqberdiyev

Software Engineer.

Dasturchiman, asosan BackendDasturning foydalanuvchi koʻrmaydigan qismi: hisob-kitob, maʼlumot saqlash, boshqa tizimlar bilan aloqa. tomonida ishlayman: davlat xizmatlari, oʻquv markazlari va toʻlov tizimlari.

Hozirgi ish joyim Yoshlar Ishlari Agentligi, lavozimim Software Engineer. Jamoa bilan faqat kod haqida emas, butun mahsulot haqida oʻylaymiz: ekran odamga qulaymi, jarayon soddami.

Alijon Haqberdiyev

Tajriba

  1. 2026 — hozir

    Software Engineer, Yoshlar Ishlari Agentligi

    Yoshlar portali: ariza, tekshiruv, qaror va toʻlov bitta tizimda. Hikoya

  2. 2024 — 2025

    Software Engineer, Everest

    Oʻquv markazining butun ishi bitta tizimda, xodimlar oʻrgangan jadval koʻrinishida. Hikoya

  3. 2023 — 2024

    Backend Developer, UIC Group

    Buyurtma bilan tizimlar: loyiha tez almashardi, har safar yangi soha. Mashinalarga reklama xizmatining narx kalkulyatori. Hikoya

  4. 2022 — 2023

    Backend Developer, MRIT

    Onlayn doʻkon va uning taklif zanjiri, gilam savdosi sayti. Hikoya

Ulangan tizimlar

Men ishlagan tizimlar shu xizmatlar bilan maʼlumot almashadi. Baʼzilarini oʻzim ulaganman, qolganlarida maʼlumot qaysi ketma-ketlikda yurishini bilaman.

Toʻlov
  • Payme
  • Click
  • Uzum
  • Octobank: Visa, Google Pay, Apple Pay
Davlat tizimlari
  • OneID
  • MyGov
  • MyMehnat
  • Raqamli mahalla
  • Elektron hukumat (MIP)
  • Soliq qoʻmitasi
  • Markaziy bank
  • Sogʻliqni saqlash vazirligi
  • Mudofaa vazirligi
  • Ijtimoiy karta (Baraka)
  • Subsidiya tizimi
  • Ibrat Farzandlari
  • Mutolaa
Call-markaz
  • Sipuni
  • UTEL

Qanday ishlayman

  1. Avval qayerda vaqt ketayotganini topaman, keyin tuzataman.

    Taxmin qilmayman: tuzatishdan oldin va keyin qanday ishlashini koʻrsataman.

  2. Kod va maʼlumot sizniki.

    Kirish maʼlumotlari sizda turadi. Men bilan ishlashni toʻxtatsangiz ham tizim ishlayveradi, boshqa dasturchi davom ettira oladi.

  3. Nimani qila olmasligimni ham aytaman.

    Asosiy ixtisosim tizim qurish. Serverga chiqarish va asosiy himoyani oʻz loyihalarim darajasida qilaman, katta infratuzilma uchun hamkor jalb qilaman.

Texnik odam uchun

Muammo va yechim, git tarixidan

  1. Pul ikki marta ketmasin · Yoshlar portali, subsidiya

    Muammo
    Subsidiya toʻlovini operator, ommaviy amal va avtomatik vazifa bir vaqtda yuborishi mumkin edi. Qulf va toʻlov yozuvi bilan qilingan birinchi himoya yetmadi.
    Sababi
    Yuborish funksiyasini chaqiruvchilarning hammasi uni tashqi tranzaksiya ichida chaqirardi. Ichki tranzaksiya savepointga aylanadi, shuning uchun toʻlov yozuvi bankka soʻrov ketishidan oldin bazaga tushmasdi. Soʻrov ketib, keyin jarayon uzilsa, bazada iz qolmasdi va avtomatik qayta navbat oʻsha pulni yana yuborardi.
    Yechim
    Urinish izi soʻrovdan oldin, tranzaksiyadan mustaqil Redisʼga yoziladi. «Iz bor, yozuv yoʻq» holatida tizim qayta yubormaydi, toʻxtab odamdan soʻraydi. Qulf faqat COMMITʼdan keyin boʻshaydi, fencing token muddati oʻtgan jarayonga begona qulfni oʻchirtirmaydi. Asosiy kafolat bazadagi unique cheklov, qulf esa yordamchi.
    Natija
    «Soʻrov izsiz yoʻqolmaydi» degan kafolat endi haqiqatan ishlaydi; har holat alohida test bilan mustahkamlangan.
  2. Oylik toʻlov hech qachon ketmasdi · Yoshlar portali, shartnoma

    Muammo
    Oylik shartnoma davrlari baholanardi, lekin pul yuborilmasdi. Arizalar «qisman toʻlangan» holatida qotib qolardi.
    Sababi
    Ikki xato ustma-ust tushgan edi. Davrni tanlovchi kod deyarli hech qachon boʻlmaydigan holatni qidirardi: davr baholangach darhol keyingi holatga oʻtadi. Ustiga u har doim birinchi oyni qaytarardi, shuning uchun ikkinchi oy «allaqachon toʻlangan» xatosiga urilardi.
    Yechim
    Bitta resolver: baholangan, summasi bor, ochiq yoki toʻlangan soʻrovi yoʻq eng eski davr. Bazada (ariza, davr) unique cheklovi, soʻrovga davr raqami va sanasi qoʻshildi, koʻrinish va yuborish bitta manbadan oladi. Oylab toʻplangan navbat birdan oqib ketmasligi uchun avto-yuborish chegaralandi, kunlik tekshiruv toʻsiqlarni topib xabar beradi.
    Natija
    Toʻlov har oy navbatdagi davr uchun ketadi, gʻaznachilik toʻlovlarni oy boʻyicha ajrata oladi. Yoʻl-yoʻlakay jinsni JShShIRʼdan notoʻgʻri oʻqiydigan xato ham topilib tuzatildi.
  3. MyGov uzilsa, ariza qulflanmasin · Yoshlar portali, integratsiya

    Muammo
    MyGov uzoq vaqt ishlamay qolganda arizalar butunlay qotib qolardi. Bir safar hodisa uch kunga yaqin qulflanib turdi.
    Sababi
    Har muvaffaqiyatsiz urinish hisoblagichni oshirardi va bir necha urinishdan keyin hodisa abadiy toʻxtardi, garchi aybi hodisada emas, tarmoqda boʻlsa ham. Uzilish paytida «qabul» qadami yiqilgan arizalar keyin har safar xato bilan tugardi. Hodisa esa davriy tekshiruvni kutib turardi.
    Yechim
    Tarmoq va server xatosi hodisaning aybi hisoblanmaydi va urinishlar soniga qoʻshilmaydi. Webhook kelishi bilan hodisa darhol yuboriladi, davriy tekshiruv faqat zaxira. Atomik claim ikki jarayon bir vaqtda ishlasa ham hodisani bir marta yuboradi. Qayta urinishdan oldin tizim yetishmagan «qabul» qadamini oʻzi bajaradi.
    Natija
    MyGov qaytgach arizalar oʻzi davom etadi, hodisa kutmasdan ketadi, ogohlantirish esa kuniga bir marta keladi.
  4. Hamkor idoraga xavfsiz maʼlumot · Soliq qoʻmitasi uchun darvoza

    Muammo
    Tashqi idoraga yoshlar roʻyxatini boʻlib-boʻlib, faqat oʻzgarganini va ruxsat etilgan doirada berish kerak edi.
    Yechim
    Kursor HMAC bilan imzolanadi va ichida mijoz, filtr va snapshot turadi: server holat saqlamaydi, hamkor kursorni oʻzgartira olmaydi, begona yoki eskirgan kursor rad etiladi. Kalit almashtirishda ikki secret bir vaqtda ishlaydi, hamkor uzilishsiz oʻtadi. Mijoz IPʼsi faqat ishonchli proxy qoʻygan sarlavhadan olinadi.
    Natija
    Darvoza prodda ishlaydi. IP boʻyicha xato butun loyihada ham tuzatildi: avval soxta sarlavha bilan login blokini aylanib oʻtish mumkin edi.
  5. Davomat roʻyxati · Everest oʻquv markazi

    Muammo
    Davomat roʻyxati «bugun» filtri bilan juda sekin ochilardi.
    Sababi
    EXPLAIN ANALYZE koʻrsatdi: modelda tartib berilmagani uchun Odoo id boʻyicha saralaydi. PostgreSQL saralamaslik uchun primary key indeksi boʻylab yuradi va sana shartini keyin tekshiradi. Bugungi yozuvlar id tartibining eng oxirida, shuning uchun bitta sahifa uchun besh milliondan ortiq eski qator oʻqib tashlanardi.
    Yechim
    Saralash filtr bilan bir indeksga tushirildi: tartib sana boʻyicha, (sana, id) kompozit indeksi. Indeks kerakli joydan boshlab tayyor tartibda oʻqiydi. Yozishni sekinlatayotgan ishlatilmagan indekslar olib tashlandi.
    Natija
    Soʻrov endi jadval hajmiga bogʻliq emas: ikki soniyadan millisekundning ulushiga tushdi.

Texnologiyalar

  • Python va DjangoYoshlar portali va biznes tizimlarining asosiy qismi shu tilda yoziladi.
  • GoKoʻp soʻrovni kam resurs bilan koʻtarishi kerak boʻlgan qismlar uchun.
  • PostgreSQLMaʼlumot saqlanadigan joy. Sekinlik koʻpincha shu yerda topiladi va tuzatiladi.
  • OdooTayyor ERP. Uni ishingizga moslash baʼzan yangisini qurishdan arzon.
  • UlashToʻlov tizimlari, davlat xizmatlari, OneID: tizimlar bir-biri bilan gaplashishi uchun.
Tillar
Python, Go, SQL
Freymvorklar
Django, Django REST Framework, FastAPI, Celery, Gin, GORM, Odoo 16
Maʼlumot
PostgreSQL (soʻrov optimizatsiyasi, indekslar, raw SQL), Redis, ClickHouse, Typesense
Infratuzilma
Docker, Linux, Nginx, PgBouncer, Prometheus, Sentry
Integratsiya
OAuth2, OneID SSO, JWT, webhook, toʻlov tizimlari, MyGov va boshqa davlat API lari
AI va test
Tool calling bilan LLM agentlar, gibrid qidiruv; Pytest, Go testing