«Bitta maʼlumotni yana boshqa oynaga koʻchiryapman.»
Ishni oʻzi bajaradigan yordamchi
Takroriy qoʻl ishini yordamchi bajaradi: maʼlumotni tizimdan tizimga koʻchirish, eslatma, holat tekshirish. Muhim qadamda sizdan soʻraydi.
Hozir shunday
Xodim kun boʻyi bir xil ishni qiladi: chatdagi buyurtmani jadvalga koʻchiradi, mijozga oʻsha xabarni yozadi, holatni boshqa tizimda tekshiradi. Xato ham shu yerda chiqadi: raqam adashadi, xabar unutiladi.
Sinab koʻring
Simulyatsiya, haqiqiy tizim emas
Bir marta koʻrsating
SimulyatsiyaBitta buyurtmani oʻzingiz jadvalga koʻchiring. Qolganini shogird siz chizgan yoʻldan olib oʻtadi.
Assalomu alaykum, koʻrpa buyurtma qilaman.
Ismim
Telefonim
Jami
Toʻlov cheki, namuna: 240 000 soʻm toʻlangan
Avval oʻzingiz koʻrsating: ismni jadvalga oʻtkazing.
| Ism | Telefon | Summa |
|---|---|---|
Mijozga javob qoralamasiJadval toʻlgach, javob shu yerda tayyor boʻladi.
Daftar
- Har qadam shu yerga yoziladi: nimani siz qildingiz, nimani shogird.
Pul qaytarish kabi qadamda u doim sizdan soʻraydi. Har qadamda soʻramaydi, aks holda oʻqimay ha deydigan boʻlasiz.
- Siz chatdagi buyurtmadan ism, telefon va summani jadvalga bir marta qoʻlda koʻchirasiz.
- Shogird navbatdagi buyurtmalarni oʻsha yoʻldan oʻzi olib oʻtadi va har biriga javob qoralamasini tayyorlaydi.
- Bitta buyurtmada toʻlangan summa kam chiqadi. Shogird toʻxtaydi: «Bu yerda summa toʻgʻri kelmayapti. Oʻzingiz qarang.» Tanlov sizda: mijozdan soʻrash yoki shundayicha yozish.
- Har qadam daftarga yoziladi: nimani shogird qildi, nimani siz tasdiqladingiz.
Usta: pul qaytarish kabi qadamda u doim sizdan soʻraydi. Har qadamda soʻramaydi, aks holda oʻqimay ha deydigan boʻlasiz.
Chatdagi ism, telefon va summani bosing yoki jadvalga sudrab tashlang. Shogird ishlayotganda ustiga kursor olib borsangiz, toʻxtab qadamini aytadi. Chatdagi ism, telefon va summaga teging: oʻzi jadvalga uchadi.
Sizda bu qanday? Yozing
Bir marta qoʻlda qilganingizni keyin oʻzi qiladi, shubhali joyda sizdan soʻraydi.
Bu nima
Yordamchiga aniq asboblar beriladi: jadvalga yozish, buyurtma holatini tekshirish, xabar yuborish. U jarayonni sizning qoidangiz boʻyicha bajaradi. Orqaga qaytarib boʻlmaydigan qadam, masalan pul qaytarish yoki mijozga muhim xabar, faqat odam tasdigʻi bilan bajariladi. Har qadam daftarga yoziladi.
Nima olasiz
- Bitta aniq jarayon avtomatlashadi, hammasi birdan emas.
- Muhim va qaytarib boʻlmaydigan qadamlar oldidan odam tasdigʻi. Har qadamda soʻramaydi, aks holda tasdiq maʼnosini yoʻqotadi.
- Har qadam daftarda: nimani yordamchi qildi, nimani kim tasdiqladi.
- Shubhali holatda toʻxtaydi va xodimga tayyor varaq beradi.
- Mavjud tizimlaringiz bilan ishlaydi: jadval, CRM, Telegram, toʻlov.
- Oylik AI xarajatiga chegara.
Tasavvur qiling
Yetkazib berish xizmati. Buyurtma Telegramʼda keladi. Yordamchi uni jadvalga yozadi, kuryerga topshiradi va mijozga holatni aytadi. Toʻlangan summa buyurtmadagidan kam boʻlsa, oʻzi hal qilmaydi: operatorga «summa toʻgʻri kelmayapti» deb varaq qoʻyadi.
Narx
Suhbatdan keyin yozma
Narx va muddat suhbatdan keyin yozma taklifda aytiladi va kelishilgan hajm ichida oʻzgarmaydi.
Narxni oshiradi
- Tizimlar soni
- Tasdiq kerak boʻlgan qadamlar koʻpligi
- Eski tizimda tashqi ulanish yoʻqligi
Oshirmaydi
- Buyurtmalar soni
- Xodimlar soni
AI xizmatining oylik hisobi alohida. Oldindan hisoblab beraman va chegara qoʻyaman.
Qadamlar
-
1Suhbat, 30 daqiqa, bepul
SizQaysi ish koʻp vaqt olishini aytasiz.
MenAvtomatlashtirishga arziydigan bitta jarayonni tanlaymiz.
-
2Jarayonni koʻrish
SizBir kunlik ishni qanday qilishingizni koʻrsatasiz.
MenQadamlarni, qoidalarni va xavfli joylarni yozaman.
-
3Qurish
SizTizimlarga kirish berasiz.
MenYordamchini quraman, tasdiq joylarini qoʻyaman.
-
4Soya rejimi
SizXodim odatdagidek ishlaydi.
MenYordamchi parallel ishlaydi, lekin oʻzi hech narsa yubormaydi. Natijalarini xodimnikiga solishtiramiz.
-
5Ishga tushirish va 30 kun kuzatuv
SizTasdiq tugmalarini xodimga berasiz.
MenDaftarni va xarajatni 30 kun kuzataman.
Savollar
Oʻzicha biror narsani buzib qoʻymaydimi?
Unga faqat kerakli asboblar beriladi, xavfli qadam odam tasdigʻisiz bajarilmaydi, har qadam yoziladi. Avval soya rejimida sinaladi.
Qaysi ishdan boshlash kerak?
Eng koʻp takrorlanadigan va xatosi qimmat boʻlmaganidan. Natija koʻrilgach, keyingisiga oʻtamiz.
Tayyor avtomatlashtirish servislari yetmaydimi?
Oddiy qoidali ishga yetadi va arzon, buni ochiq aytaman. Yordamchi matnni tushunish yoki qaror kerak boʻlgan joyda foyda beradi.
Xodimni almashtiradimi?
Yoʻq. Takroriy qismini oladi, xodimga tekshirish va murakkab ish qoladi.
Ochiq aytaman
Asboblar bilan ishlaydigan AI yordamchini Yoshlar Ishlari Agentligi portali uchun qurdim, u hali sinovda. Portaldagi maʼlumot sifatini tekshiradigan yordamchida tuzatish faqat odam tasdigʻi bilan qilinadi. Natijani bitta jarayonda sinab koʻrmasdan vaʼda qilmayman.
Texnik odam uchun
- AI agent, tool calling: modelga cheklangan va tipi aniq asboblar beriladi, har chaqiruv jurnalga yoziladi.
- Odam tasdigʻi qaytarib boʻlmaydigan amallar oldida; tasdiqsiz bajarilmaydi, qayta urinish idempotent.
- Soya rejimi va offline eval: real holatlarda natija xodim natijasi bilan solishtiriladi.
- Shaxsiy maʼlumot tozalovchi, kvota va mavzu chegarasi; MCP orqali ulash mumkin, lekin shart emas.
Kimlar uchun
- Doʻkon yoki savdo
- Oʻquv markazi
- Xizmat koʻrsatish
- Tashkilot yoki davlat