«Bu qaysi hujjatda yozilgan edi?»
Hujjatlaringizdan javob topadigan yordamchi
Xodim yoki mijoz savol beradi, yordamchi javobni sizning hujjatlaringizdan topadi va qaysi sahifadan olganini koʻrsatadi.
Hozir shunday
Qoidalar, narxlar va shartnomalar oʻnlab fayl va papkada yotibdi: «Nizom oxirgi», «Nizom oxirgi toʻgʻrisi». Yangi xodim har narsani katta xodimdan soʻraydi, mijozga esa eski narx aytilib qoladi.
Sinab koʻring
Simulyatsiya, haqiqiy tizim emas
Ipni torting
SimulyatsiyaYordamchi javob berdi. Endi tekshiring: har jumla qaysi sahifadan olingan?
«Chinor» mebel ustaxonasi hujjatlari toʻqima
- Ichki tartib qoidalari
- Narxlar roʻyxati yangi
- Narxlar roʻyxati eski
- Shartnoma namunasi
Ichki tartib qoidalari 2-sahifa
Ish kuni tongda boshlanadi, tushlik bir soat.
Taʼtil arizasi kamida ikki hafta oldin rahbarga yoziladi.
Arizaga rahbar uch ish kuni ichida javob beradi.
Kechikish haqida oldindan xabar beriladi.
Narxlar roʻyxati (yangi) 1-sahifa
Oʻlchov olish: bepul.
Shahar ichida yetkazish: 40 000 soʻm (namuna).
Shahar tashqarisiga: masofaga qarab kelishiladi.
Yigʻib berish yetkazish ichida.
Eski roʻyxatda boshqa narx turibdi: 25 000 soʻm (namuna). Yangisini oldim.
Narxlar roʻyxati (eski) 1-sahifa
Oʻlchov olish: bepul.
Shahar ichida yetkazish: 25 000 soʻm (namuna).
Shartnoma namunasi 3-sahifa
Buyurtma oldindan toʻlov tushgach ishga olinadi.
Nuqsonli mahsulot yetti kun ichida qaytariladi.
Tayyor boʻlish muddati buyurtma varagʻida yoziladi.
Pastdagi savollardan birini tanlang: javob shu yerga yoziladi.
Taʼtil qancha oldin soʻraladi?
Yetkazish narxi qancha?
Kafolat muddati qancha?
Hujjatlaringizda bu yozilmagan.
Eng yaqini: shartnomada faqat qaytarish haqida bor.
Bu javobda ip yoʻq: tortadigan sahifa topilmadi.
«Toʻqib bergandan koʻra shunday degani yaxshi.»
«Chinor» mebel ustaxonasi hujjatlari toʻqima
Taʼtil qancha oldin soʻraladi?
Taʼtil arizasi kamida ikki hafta oldin yoziladi. Manba: Ichki tartib qoidalari, 2-sahifa, 2-qator.
Rahbar uch ish kuni ichida javob beradi. Manba: Ichki tartib qoidalari, 2-sahifa, 3-qator.
Yetkazish narxi qancha?
Shahar ichida yetkazish 40 000 soʻm (namuna). Manba: Narxlar roʻyxati (yangi), 1-sahifa, 2-qator. Eski roʻyxatda boshqa narx turibdi: 25 000 soʻm (namuna). Yangisini oldim.
Shahar tashqarisiga narx masofaga qarab kelishiladi. Manba: Narxlar roʻyxati (yangi), 1-sahifa, 3-qator. Eski roʻyxatda boshqa narx turibdi: 25 000 soʻm (namuna). Yangisini oldim.
Kafolat muddati qancha?
Hujjatlaringizda bu yozilmagan. Eng yaqini: shartnomada faqat qaytarish haqida bor. Manba yoʻq: yordamchi toʻqib bermaydi.
Jumla ustiga keling: ip oʻzi chiziladi. Bossangiz yoki tortsangiz, sahifa chiqadi. Javobdagi jumlaga teging: sahifa pastdan chiqadi. Pastga siltasangiz, yopiladi.
Sizda bu qanday? Yozing
Har javobning ipi bor: tortsangiz, oʻsha sahifa chiqadi.
Bu nima
Yordamchi avval hujjatlaringizdan savolga tegishli boʻlaklarni topadi, keyin faqat shular asosida javob yozadi va har jumlaning manbasini koʻrsatadi. Hujjatda yoʻq narsani toʻqimaydi: «bu yozilmagan» deydi. Pul, shikoyat va shaxsiy maʼlumotga oid savollar odamga oʻtadi.
Nima olasiz
- Javob faqat sizning hujjatlaringizdan, har jumla manbasi bilan.
- Hujjatda yoʻq savolga «yozilmagan» degan halol javob.
- Hujjatlar avval tartibga keltiriladi: eski nusxalar, skaner va jadvallar. Ishning katta qismi shu.
- Nozik savollar xodimga tayyor varaq bilan oʻtadi: kim, nima soʻradi.
- Shaxsiy maʼlumot AI xizmatiga yuborilishidan oldin yashiriladi.
- Javob sifati sizning real savollaringiz toʻplamida oʻlchanadi va har oʻzgarishdan oldin qayta tekshiriladi.
Tasavvur qiling
Oʻquv markazi. Yangi administrator soʻraydi: «Guruhdan chiqqan talabaga pul qaytariladimi?» Yordamchi ichki tartib qoidalaridan javob beradi va oʻsha bandni koʻrsatadi. Narxlar roʻyxatining eski va yangi nusxasi boʻlsa, yangisini oladi va buni aytadi.
Narx
Suhbatdan keyin yozma
Narx va muddat suhbatdan keyin yozma taklifda aytiladi va kelishilgan hajm ichida oʻzgarmaydi.
Narxni oshiradi
- Hujjatlar tartibsiz yoki qogʻozda
- Bir nechta til aralash
- Tashqi tizimlar bilan ulanish
Oshirmaydi
- Savollar soni
- Xodimlar soni
AI xizmatining oylik hisobi alohida. Uni hajmga qarab oldindan hisoblab beraman va chegara qoʻyaman.
Qadamlar
-
1Suhbat, 30 daqiqa, bepul
SizEng koʻp soʻraladigan savollarni va hujjatlar qayerdaligini aytasiz.
MenBu yerda yordamchi foyda berish-bermasligini ochiq aytaman.
-
2Hujjatlarni tartiblash
SizHujjatlarni berasiz, eskisini belgilaysiz.
MenTakror va eski nusxalarni ajrataman, skaner va jadvallarni oʻqiladigan qilaman.
-
3Savollar toʻplami
SizReal savollardan namuna berasiz.
MenJavob sifatini shu savollarda oʻlchayman.
-
4Sinov
SizXodimlaringiz sinaydi.
MenXato javoblarni yigʻib tuzataman, chegaralarni qoʻyaman.
-
5Ishga tushirish va 30 kun kuzatuv
SizXodim yoki mijozlarga eʼlon qilasiz.
MenJavoblar va xarajatni 30 kun kuzataman.
Savollar
AI oʻzidan toʻqib qoʻysa-chi?
Javob faqat topilgan boʻlaklardan yoziladi va manbasi koʻrsatiladi, shuning uchun tekshirish oson. Topilmasa, «yozilmagan» deydi. Xato ehtimoli nolga tushmaydi, shuning uchun muhim qarorni odamda qoldiraman.
Oʻzbek tilida ishlaydimi?
Ha. Lotin, kirill va ruscha aralash hujjatlarda ham. Sifatini sizning savollaringizda oʻlchab koʻrsataman.
Hujjatlarim begona joyga ketmaydimi?
Qaysi maʼlumot AI xizmatiga chiqishini birga belgilaymiz, shaxsiy maʼlumot yashiriladi. Kerak boʻlsa, hammasi sizning serveringizda qoladi.
Oyiga qancha turadi?
Savollar soniga bogʻliq. Oldindan hisoblab beraman va kunlik chegara qoʻyaman.
Ochiq aytaman
AI xatosiz emas. Manba koʻrsatilishi tekshirishni osonlashtiradi, lekin muhim qarorni odamda qoldiraman. Tajribam: Yoshlar Ishlari Agentligi portali uchun hujjat va maʼlumotlardan javob beradigan yordamchi qurdim, u hali sinovda.
Texnik odam uchun
- RAG: hujjatlarni boʻlaklash, gibrid qidiruv (kalit soʻz va vektor, masalan Typesense), qayta saralash, har jumlada manba havolasi.
- Mavzu chegarasi, shaxsiy maʼlumot tozalovchi, foydalanuvchi kvotasi, oylik xarajat chegarasi.
- Offline eval toʻplami: real savollar, deterministik tekshiruv va LLM-judge; har oʻzgarishdan oldin ishga tushadi.
- Maʼlumot chegarasi shaxsiy maʼlumot qonuni boʻyicha birga belgilanadi: nimasi tashqi LLM APIʼga chiqadi, nimasi chiqmaydi; kerak boʻlsa lokal model.
Kimlar uchun
- Oʻquv markazi
- Xizmat koʻrsatish
- Tashkilot yoki davlat
- Startap