Asosiy matnga oʻtish
haqdodiy
CV Menga yozing
Menyu

«Har dasturchi har xil narx aytdi.»

Texnik maslahat va AIʼdan oldin tekshiruv

Nima kerakligini bilmaysiz, taklifni tekshirmoqchisiz yoki AI joriy qilmoqchisiz. Bir soat suhbat va yozma xulosa.

Shu xizmat kerak Narx suhbatdan keyin yozma

Hozir shunday

Uch dasturchi uch xil narx aytdi, qaysi biri toʻgʻriligini bilmaysiz. Yoki AI joriy qilmoqchisiz, lekin qaysi ishdan boshlash va maʼlumotni tashqi xizmatga berish mumkinmi, bilmaysiz.

Sinab koʻring

Simulyatsiya, haqiqiy tizim emas

Taklifni birga oʻqiymiz

Simulyatsiya

Dasturchidan kelgan namuna taklif. Har qatorga teging: Usta hoshiyaga oddiy tilda yozib beradi.

Tijorat taklifi namuna

«Lola» tikuvchilik ustaxonasi uchun toʻqima. Besh kishi ishlaydi, buyurtmalar Telegram orqali keladi. Summalar ataylab olib tashlangan.

  1. Ustaxonangiz haqida bir necha sahifali sayt.

    Keyin. Mijozlaringiz hozir sizni Telegram orqali topadi.

    Soʻrang: Bitta sahifadan boshlab, keyin kengaytirsa boʻladimi?

  2. Telefonga oʻrnatiladigan alohida dastur.

    Hozircha kerak emas. Mijoz bitta buyurtma uchun ilova oʻrnatmaydi.

    Soʻrang: Ilovasiz, bot bilan boshlasa boʻladimi?

  3. Kim nima buyurtma qilgani bir joyda turadigan daftar.

    Hozir kerak. Hozir bu maʼlumot xodimlarning telefonida sochilib yotibdi.

    Soʻrang: Hozirgi jadvalimdagi maʼlumotni koʻchirib berasizmi?

  4. Asosiy raqamlar bitta ekranda koʻrinadigan sahifa.

    Keyin. Avval maʼlumot yigʻilsin, keyin unga qaraladi.

    Soʻrang: Qaysi raqamlarni koʻraman va ular qayerdan olinadi?

  5. Mijoz yozganda oʻzi javob berib, buyurtmani yozib oladigan yordamchi.

    Hozir kerak. Mijozlaringiz allaqachon shu yerda yozishadi.

    Soʻrang: Bot bilmagan savol kimga boradi?

  6. Savolga tayyor tugmalarsiz, oʻz soʻzi bilan javob beradigan dastur.

    Hozircha kerak emas. Savollaringiz hozircha bir xil: ularga oddiy bot yetadi.

    Soʻrang: U javobni qayerdan oladi va bilmasa nima deydi?

  7. Sayt qidiruvda yuqoriroq chiqishi uchun qilinadigan ishlar.

    Hozircha kerak emas. Sayt boʻlmaguncha buning maʼnosi yoʻq.

    Soʻrang: Natijani nima bilan oʻlchaysiz?

  8. Ishga tushgandan keyingi qarov: tuzatish va yangilash.

    Keyin. Nima qurilishi aniq boʻlgach kelishiladi.

    Soʻrang: Ichiga aniq nima kiradi va bir yilga bogʻlanmasam boʻladimi?

«Katta taklif xato emas. Koʻpincha u shunchaki hozirgi hajmingizga mos emas.»

Namuna taklif: «Lola» tikuvchilik ustaxonasi uchun (toʻqima). Summalar ataylab olib tashlangan.

  1. Korporativ sayt Ustaxonangiz haqida bir necha sahifali sayt. Keyin. Mijozlaringiz hozir sizni Telegram orqali topadi. Soʻrang: Bitta sahifadan boshlab, keyin kengaytirsa boʻladimi?
  2. Mobil ilova Telefonga oʻrnatiladigan alohida dastur. Hozircha kerak emas. Mijoz bitta buyurtma uchun ilova oʻrnatmaydi. Soʻrang: Ilovasiz, bot bilan boshlasa boʻladimi?
  3. Mijozlar bazasi tizimi Kim nima buyurtma qilgani bir joyda turadigan daftar. Hozir kerak. Hozir bu maʼlumot xodimlarning telefonida sochilib yotibdi. Soʻrang: Hozirgi jadvalimdagi maʼlumotni koʻchirib berasizmi?
  4. Boshqaruv paneli Asosiy raqamlar bitta ekranda koʻrinadigan sahifa. Keyin. Avval maʼlumot yigʻilsin, keyin unga qaraladi. Soʻrang: Qaysi raqamlarni koʻraman va ular qayerdan olinadi?
  5. Telegram bot Mijoz yozganda oʻzi javob berib, buyurtmani yozib oladigan yordamchi. Hozir kerak. Mijozlaringiz allaqachon shu yerda yozishadi. Soʻrang: Bot bilmagan savol kimga boradi?
  6. AI yordamchi (chatbot) Savolga tayyor tugmalarsiz, oʻz soʻzi bilan javob beradigan dastur. Hozircha kerak emas. Savollaringiz hozircha bir xil: ularga oddiy bot yetadi. Soʻrang: U javobni qayerdan oladi va bilmasa nima deydi?
  7. Qidiruvda koʻrinish paketi Sayt qidiruvda yuqoriroq chiqishi uchun qilinadigan ishlar. Hozircha kerak emas. Sayt boʻlmaguncha buning maʼnosi yoʻq. Soʻrang: Natijani nima bilan oʻlchaysiz?
  8. Yillik xizmat Ishga tushgandan keyingi qarov: tuzatish va yangilash. Keyin. Nima qurilishi aniq boʻlgach kelishiladi. Soʻrang: Ichiga aniq nima kiradi va bir yilga bogʻlanmasam boʻladimi?

«Katta taklif xato emas. Koʻpincha u shunchaki hozirgi hajmingizga mos emas.»

Qator ustiga kelsangiz, yozuv xira koʻrinadi; bossangiz, qalam bilan yoziladi. Xulosa yonda toʻlib boradi. Qatorga teging: yozuv uning ostida ochiladi. Xulosa pastdagi tasmada toʻplanadi.

Taklifdagi har qatorni odam tiliga oʻgiraman: nima kerak, nima keyin, nima umuman kerak emas.

Bu nima

Bir soatlik suhbat: siz vaziyatni aytasiz, men savol beraman. Keyin yozma xulosa olasiz: nima kerak, nima kerak emas, qancha turishi mumkin, nimadan boshlash kerak. Keyingi ishni menga berish shart emas.

Nima olasiz

  • Yozma xulosa: nima kerak, nima kerak emas.
  • Taxminiy narx va muddat, kimga bersangiz ham taqqoslash uchun.
  • Boshlash tartibi: qaysi qadam avval, qaysi biri keyin.
  • Mavjud taklif yoki tizim boʻlsa, unga ochiq baho.
  • AI uchun: qaysi jarayon avtomatlashadi, qaysi maʼlumot tashqi xizmatga chiqmasligi kerak, foyda qanday oʻlchanadi.

Tasavvur qiling

Sizga sayt, ilova va CRMMijozlar bilan ishlash tizimi: kim qachon yozdi, nima kelishildi, keyingi qadam qanday. taklif qilishdi, jami 80 mln soʻm. Suhbatda maʼlum boʻladi: boshlash uchun bitta bot va jadval yetarli, qolgani keyin. Bu MVPGʻoyani sinash uchun eng kichik ishlaydigan versiya. deyiladi.

Narx

Suhbatdan keyin yozma

Narx va muddat suhbatdan keyin yozma taklifda aytiladi va kelishilgan hajm ichida oʻzgarmaydi.

Qadamlar

  1. 1Yozasiz

    SizVaziyatni ikki-uch jumlada yozasiz.

    MenSavollarimni oldindan yuboraman.

  2. 21 soat suhbat

    SizHujjat yoki taklif boʻlsa, koʻrsatasiz.

    MenSavol beraman, variantlarni taqqoslayman.

  3. 3Yozma xulosa, 1 kun

    SizOʻqib, qaror qilasiz.

    MenNima kerak, nima kerak emas, qancha turishi.

Umumiy jarayon va shartlar

Savollar

Texnik bilim kerakmi?

Yoʻq. Ishingizni tushuntirsangiz yetarli. Texnik tomonini men tarjima qilaman.

Keyin ishni sizga berishim shartmi?

Yoʻq. Xulosa sizniki, uni istalgan dasturchiga bera olasiz.

Boshqa dasturchining taklifini koʻrib bera olasizmi?

Ha. Bu eng koʻp foyda beradigan holatlardan biri.

Texnik odam uchun
  • Taklif va arxitektura auditi: hajm, muddat, xavf, MVP chegarasi.
  • AI tayyorligi: maʼlumot sifati, shaxsiy maʼlumot qoidalari (Oʻzbekistonda saqlanishi shart boʻlgan turlar: biometrik, genetik, telekom), tashqi LLM API yoki lokal model, sifatni oʻlchash rejasi.

Kimlar uchun

  • Doʻkon yoki savdo
  • Oʻquv markazi
  • Xizmat koʻrsatish
  • Tashkilot yoki davlat
  • Startap