Asosiy matnga oʻtish
haqdodiy
CV Menga yozing
Menyu

«Kechasi yozishgan ekan, ertalab koʻrdim.»

Telegram bot va Mini App

Buyurtma, yozilish, toʻlov va eslatma Telegram ichida: bot yoki ilovaga oʻxshash sahifa, kechayu kunduz.

Shu xizmat kerak Narx suhbatdan keyin yozma

Hozir shunday

Buyurtma va savollar Telegramʼda qoʻlda keladi: kim nima buyurdi, toʻladimi, qachon olib ketadi. Kechqurun hammasi aralashib ketadi, mijoz esa javob kutib qoladi.

Sinab koʻring

Simulyatsiya, haqiqiy tizim emas

Tunni oʻtkazing

Simulyatsiya

Doʻkon yopildi, egasi uxlagani ketdi. Tun boʻyi eshik oldida nima boʻlishini koʻring.

«Tandir» nonvoyxonasi toʻqima oqshom

Eshik oldi

Bot javobi

Hozircha jim. Oy yursa, xabar keladi.

Buyurtmalar varagʻiKechasi kelgan buyurtmalar

Hali boʻsh

  • Patir, toʻrtta. Ertalab olib ketadi.
  • Yetkazib berish, ertalabga. Manzil yozib olindi.
  • Shirmoy non, oltita. Tushgacha tayyor boʻlsin.

Alohida qoʻyildiSizni kutayotgan savol

«Toʻyga katta buyurtma bersam, chegirma boʻladimi?»

Bot: «Egasi ertalab javob beradi»
  1. Oqshom. Peshtoq chiroqlari yoniq, egasi doʻkonni yopib uyiga ketdi. Eshik oldi tinch.
  2. Yarim tun. Chiroqlar oʻchgan, egasi uxlayapti. «Ertaga patir boʻladimi?» va «Shu manzilga yetkazasizmi?» degan xabar keldi. Bot ikkalasiga tugmalar bilan javob berdi, buyurtmalar varaqqa tushdi.
  3. Saharga yaqin. «Toʻyga katta buyurtma bersam, chegirma boʻladimi?» Buni bot bilmaydi: «Egasi ertalab javob beradi» dedi va savolni alohida qoʻydi. «Narxi qancha?» deb yozgan mijozga roʻyxat yubordi, yana buyurtma yozildi.
  4. Tong. Varaq ochiladi. Kechasi kelgan buyurtmalar: Patir, toʻrtta. Ertalab olib ketadi. Yetkazib berish, ertalabga. Manzil yozib olindi. Shirmoy non, oltita. Tushgacha tayyor boʻlsin. Sizni kutayotgan savol: «Toʻyga katta buyurtma bersam, chegirma boʻladimi?»

Oyni osmon boʻylab oʻngga sudrang. Xabar ustiga kelsangiz, bot nima deb javob bergani koʻrinadi. Orqaga sudrasangiz, tun qaytadi. Pastdagi tasmada toʻrt nuqtadan biriga teging yoki oyni siltang. Xabarga tegsangiz, botning javobi koʻrinadi.

Siz uxlaysiz, doʻkon eshigi ochiq turadi.

Bu nima

Telegram bot doʻkoningiz ichida ishlaydigan, hech qachon uxlamaydigan yordamchi. Mijoz odatdagi Telegramʼda tugmalarni bosib buyurtma beradi, bot narxni hisoblaydi, buyurtmani roʻyxatga oladi va sizga darhol xabar beradi. Mijoz yangi ilova oʻrnatmaydi: Telegram allaqachon telefonida bor. Katalog, yozilish yoki shaxsiy kabinet kerak boʻlsa, Telegram ichida ochiladigan, ilovaga oʻxshash sahifa, yaʼni Mini AppTelegram ichida ochiladigan, ilovaga oʻxshash sahifa: katalog, savat, yozilish. Alohida ilova oʻrnatish shart emas. qilinadi.

Nima olasiz

  • Buyurtmalar raqam, vaqt va holat bilan roʻyxatda turadi, hech biri yoʻqolmaydi.
  • Mijoz kechayu kunduz buyurtma bera oladi, siz uxlayotganda ham.
  • Har buyurtma sizga va xodimlaringizga darhol tushadi: «Qabul qildim», «Tayyor», «Yetkazildi» tugmalari bilan.
  • Kunlik va oylik hisobot botning oʻzida.
  • Kerak boʻlsa, Mini App: rasmli katalog, savat, yozilish va kabinet Telegramʼdan chiqmasdan.
  • Xohlasangiz, toʻlovni ham bot qabul qiladi. Bu alohida xizmat: Onlayn toʻlov.
  • Bot sizning nomingizda, TokenBotning maxfiy kaliti. Kimda boʻlsa, bot oʻsha odamga boʻysunadi. sizda. Men bilan ishlashni toʻxtatsangiz ham ishlayveradi.

Tasavvur qiling

Non doʻkoni. Mijoz botga kiradi, mahsulotni tanlaydi, sonini bosadi, manzilni yuboradi va tasdiqlaydi. Sizga xabar keladi: «Yangi buyurtma №214: 3 ta patir, Registon koʻchasi 12, kechki oltiga. Toʻlov: Click orqali toʻlandi». Siz «Qabul qildim» tugmasini bosasiz, mijozga javob ketadi. Kechqurun bot hisobot beradi: «Bugun 37 buyurtma, 1 840 000 soʻm».

Endi mijoz oʻrnida sinab koʻring

Simulyatsiya, haqiqiy bot emas

Non doʻkoni boti

bot

Assalomu alaykum! Non doʻkoniga xush kelibsiz. Nima qilamiz?

Narx

Suhbatdan keyin yozma

Narx va muddat suhbatdan keyin yozma taklifda aytiladi va kelishilgan hajm ichida oʻzgarmaydi.

Narxni oshiradi

  • Tashqi tizimlar bilan ulanish
  • Murakkab narx qoidalari
  • Koʻp filial

Oshirmaydi

  • Tugmalar soni
  • Tillar, 2 tagacha

Qadamlar

  1. 1Suhbat, 30 daqiqa, bepul

    SizQanday ishlayotganingizni aytasiz.

    MenSavol beraman, hajmni aniqlayman.

  2. 2Taklif, 1 kun

    SizOʻqib tasdiqlaysiz.

    MenYozma reja: nima boʻladi, qancha, qachon.

  3. 3Qurish

    SizMahsulot roʻyxati va logotip berasiz.

    MenBotni quraman, har 2–3 kunda sizga sinov versiyani koʻrsataman.

  4. 4Sinov, 2–3 kun

    SizSiz va 2–3 mijoz sinab koʻradi.

    MenTopilgan kamchiliklarni bepul tuzataman.

  5. 5Ishga tushirish va 30 kun kuzatuv

    SizMijozlarga eʼlon qilasiz.

    MenBotni ServerInternetga doim ulangan kompyuter. Sayt yoki bot shu yerda ishlaydi. qoʻyaman, 30 kun bepul tuzataman.

Umumiy jarayon va shartlar

Savollar

Bot buzilsa, kim tuzatadi?

Ishga tushgandan keyin 30 kun bepul. Keyin kelishilgan oylik xizmat yoki soatbay.

Men oʻzim mahsulot qoʻsha olamanmi?

Ha, admin menyu orqali: rasm, narx, nom. Telefondan.

Botni ishlatish uchun oylik toʻlov bormi?

Server uchun taxminan 50–100 ming soʻm oyiga. Telegramning oʻzi bepul.

Maʼlumotlar qayerda turadi?

Sizning yoki ijaraga olingan serverda, parol sizda.

Instagramʼdagi mijozlar-chi?

Botga havola berasiz. Keyingi bosqichda sayt ham ulanadi.

Texnik odam uchun
  • Telegram Bot API va Mini App (WebApp); Mini App maʼlumoti serverda imzo boʻyicha tekshiriladi.
  • Python yoki Go, PostgreSQL; buyurtma holatlari va xodimlar roli.
  • Toʻlov: Payme, Click, Uzum, Octo; har toʻlov buyurtmaga callback orqali bogʻlanadi.

Kimlar uchun

  • Doʻkon yoki savdo
  • Xizmat koʻrsatish
  • Startap