«Hisobot ochilguncha choy ichib kelaman.»
Sekin tizimni tezlashtirish
Tizim sekin yoki ishingizga mos emas. Sekin joyini topaman, oʻshani tuzataman, qolganiga tegmayman.
Hozir shunday
Hisobot ochilguncha choy ichib kelasiz. Xodim koʻpaysa, hammasi sekinlashadi va kimdir «tizimni boshidan yozish kerak» deydi. Yoki tizim jarayoningizga mos kelmaydi va xodimlar baribir Excelʼga qaytadi.
Sinab koʻring
Simulyatsiya, haqiqiy tizim emas
Kechikkan gʻisht
SimulyatsiyaHar gʻisht tizimning bitta sahifasi. Teging: javob bergani yonadi.
«Oylik hisobot» gʻishtining ichi
Odamcha har talaba uchun omborga alohida borib kelyapti. Endi hammasini bitta borishda olib keladi. Gʻishtga yana teging.
Tashxis varagʻi
Gʻishtlarga teging: har javob shu yerga yoziladi.
Qolgan devorga tegilmadi.
Tashxis varagʻi
- Davomat darhol
- Toʻlovlar darhol
- Guruhlar darhol
- Oylik hisobot kutdiradi
- Kassa darhol
- Dars jadvali darhol
«Oylik hisobot» ochib koʻrildi: hisobot har talaba uchun omborga alohida borib kelyapti. Bitta borishda olib keladigan qilindi va faqat shu gʻisht almashtirildi.
Oylik hisobot kutdirardi, endi darhol. Qolgan devorga tegilmadi.
Gʻishtlarni bosing. Tugmani bosib turib ustidan yurgizsangiz, ketma-ket javob beradi. Gʻishtlarga ketma-ket teging: qaysi biri kutdiradi?
Sizda bu qanday? Yozing
Devorni buzmayman: sekin gʻishtni topib, oʻshani almashtiraman.
Bu nima
ERPKorxonaning moliya, xodim, mijoz va boshqa maʼlumotlari bitta joyda turadigan tizim. korxonaning moliya, xodim va mijoz maʼlumotlari bitta joyda turadigan tizim. OdooKeng tarqalgan ERP dasturi. Kerakli qismlar modul sifatida qoʻshiladi. shunday tizimlardan biri. Men sekinlik qayerdan kelayotganini topaman, oʻsha joyni tuzataman va yetishmagan qismini ishingizga moslab yozaman.
Nima olasiz
- Sekin joylar roʻyxati, muhimlik tartibida: qaysi sahifa qancha kutdiradi.
- Eng ogʻriqli hisobot va sahifalar tezlashadi, tuzatishdan oldin va keyin qancha kutdirgani koʻrsatiladi.
- Davomat, toʻlov, guruh kabi jarayonlaringizga moslangan ModulTizimga qoʻshiladigan alohida qism. Masalan, davomat moduli..
- Mavjud maʼlumotlaringiz joyida qoladi.
- Keyingi dasturchi tushunadigan kod va qisqa hujjat.
Real misol
Everest oʻquv markazining ichki tizimida davomat hisoboti kutdirmaydi, guruh toʻlovi hisobi bir SoʻrovDasturning maʼlumotlar bazasiga bergan bitta savoli. Qancha kam boʻlsa, sahifa shuncha tez ochiladi. keladi.
Hikoya: Excel kabi, lekin jonliNarx
Suhbatdan keyin yozma
Narx va muddat suhbatdan keyin yozma taklifda aytiladi va kelishilgan hajm ichida oʻzgarmaydi.
Narxni oshiradi
- Oldingi dasturchilardan qolgan hujjatsiz kod
- Sinov nusxasi yoʻqligi
- Ish vaqtida tuzatish talabi
Oshirmaydi
- Foydalanuvchilar soni
- Maʼlumot hajmi
Qadamlar
-
1Suhbat, 30 daqiqa, bepul
SizQaysi joy sekin yoki noqulayligini aytasiz.
MenSavol beraman, tashxis hajmini aniqlayman.
-
2Tashxis
SizSinov nusxasiga kirish berasiz.
MenSekin joylarni topaman, roʻyxat va reja yozaman.
-
3Tuzatish
SizMuhimlik tartibini tasdiqlaysiz.
MenEng ogʻriqli joydan boshlab tuzataman.
-
4Sinov
SizXodimlaringiz sinaydi.
MenOldin va keyin qanday ishlashini koʻrsataman.
-
5Ishga tushirish va 30 kun kuzatuv
SizIshni yangi versiyaga oʻtkazasiz.
MenIshlab turgan tizimga chiqaraman, 30 kun kuzataman.
Savollar
Tizimni almashtirish kerakmi?
Koʻpincha yoʻq. Avval tekshiramiz: sekinlik odatda bir necha aniq joyda boʻladi.
Ish toʻxtab qolmaydimi?
Tuzatishlar avval sinov nusxasida tekshiriladi, keyin xodimlarga xalaqit bermaydigan vaqtda chiqariladi.
Odoo emas, boshqa ERP boʻlsa-chi?
Avval tashxis qilaman, keyin ola olish-olmasligimni ochiq aytaman.
Natijani qanday bilaman?
Har tuzatish uchun oldin va keyin qancha kutdirgani yozma beriladi.
Ochiq aytaman
Asosiy tajribam Odoo 16 va oʻquv markazi jarayonlari. Boshqa ERP boʻlsa, avval tashxis qilaman.
Texnik odam uchun
- Tashxis: EXPLAIN ANALYZE, pg_stat_statements, jonli workerʼda py-spy va cProfile.
- Odatiy sabablar: indeks va saralash tartibi mos emas, sikl ichida soʻrov (N+1), saqlanmaydigan hisoblanuvchi maydonlar, kesh yoʻqligi.
- Everest misoli: davomat roʻyxatida tartib (sana, id) kompozit indeksiga moslandi va soʻrov jadval hajmiga bogʻliq boʻlmay qoldi; guruh toʻlovi jadvalida qator va oy boʻyicha soʻrovlar bitta soʻrovga yigʻildi.
- Har tuzatishdan oldin va keyin oʻlchov; avval sinov nusxasida.
Kimlar uchun
- Oʻquv markazi
- Tashkilot yoki davlat