«Oxirgi donasi ham doʻkonda, ham saytda sotilib ketdi.»
Tizimlarni ulash
Ombor, marketplace, kassa, faktura, CRM, bank va davlat tizimlari maʼlumotni oʻzi almashadi. Hech kim qoʻlda koʻchirmaydi.
Hozir shunday
Har dasturning oʻz kabineti va paroli bor. Xodim bir xil qatorni omborga, marketplaceʼga va fakturaga qayta teradi. Bir joyda sotilgan oxirgi dona boshqa joyda hali «bor» boʻlib turadi.
Sinab koʻring
Simulyatsiya, haqiqiy tizim emas
Ariq oching
SimulyatsiyaBitta mahsulot, bir necha joy. Omborda oxirgi dona qolgan.
1 dona
Oxirgi dona
1 dona bor
Sotuvda
Buyurtma keldi: yoʻq narsa sotildi
Xaridor kutyapti
Boʻsh
Sotuv kutilmoqda
QoralamaTayyor, imzo sizda
Hali ariq yoʻq. Kassada «Sotildi» ni bosing va vitrinaga qarang.
- Ariqsiz. Kassada «Sotildi» bosildi. Omborda nol, vitrinada esa hali «1 dona bor». Vitrinadan buyurtma keladi: yoʻq narsa sotildi.
- Ariq ochiq. Vitrina oʻzi «Qolmadi» ga oʻtadi, fakturada qoralama paydo boʻladi: «Tayyor, imzo sizda».
- Ariq uzilsa, farq yana paydo boʻladi.
Hovuzdan hovuzga chiziq torting: ariq ochiladi. Ariqni bossangiz, uziladi. Bir hovuzga, keyin boshqasiga teging: ariq ochiladi. Ariqqa tegsangiz, uziladi.
Sizda bu qanday? Yozing
Bir joyga yozilgani qolgan joylarga oʻzi boradi.
Bu nima
Ulash degani: bir tizimda nimadir oʻzgarsa, boshqasi buni oʻzi biladi. Sotuv omborni kamaytiradi, ombor vitrinani yangilaydi, toʻlov buyurtmani yopadi, faktura qoralamasi tayyor turadi. Imzo va pulga oid yakuniy qadam odamda qoladi. Har almashuv jurnalga yoziladi: uzilsa, nima ketmay qolgani koʻrinadi va xavfsiz qayta yuboriladi.
Nima olasiz
- Qaysi maʼlumot qayerdan qayerga va qachon yurishi xaritasi.
- Sizda bor tizimlar ulanadi: ombor, kassa, marketplace, faktura, CRM, bank, toʻlov, davlat tizimlari.
- Tashqi tizim ishlamay qolsa, maʼlumot yoʻqolmaydi: u qaytgach oʻzi yetib boradi.
- Har almashuv jurnalda: nima ketdi, nima qaytdi, qayerda qoldi.
- Imzo va pulga oid yakuniy qadam odamda qoladi.
- Keyingi dasturchi ham tushunadigan hujjat.
Real misol
Yoshlar Ishlari Agentligi portali davlat va hamkor tizimlari bilan ulangan: ariza sharti boshqa idoralardan oʻzi soʻraladi, qaror va toʻlov keyingi tizimga oʻzi ketadi. Soliq qoʻmitasi esa yoshlar roʻyxatini xavfsiz hamkor darvozasi orqali oladi.
Hikoya: Har soʻmning iziNarx
Suhbatdan keyin yozma
Narx va muddat suhbatdan keyin yozma taklifda aytiladi va kelishilgan hajm ichida oʻzgarmaydi.
Narxni oshiradi
- Tizimlar soni
- Tizimda tashqi ulanish yoki hujjat yoʻqligi
- Eski maʼlumotni tozalash
Oshirmaydi
- Buyurtmalar soni
Qadamlar
-
1Suhbat, 30 daqiqa, bepul
SizQaysi dasturlar borligini va qayerda qoʻlda koʻchirilishini aytasiz.
MenQaysi ulanish eng koʻp vaqt va xatoni yoʻqotishini aytaman.
-
2Maʼlumot xaritasi
SizKabinetlarga sinov kirishi berasiz.
MenQaysi maʼlumot qayerdan qayerga yurishini chizaman.
-
3Ulash
SizQoidalarni tasdiqlaysiz: qaysi tizim asosiy.
MenUlanishlarni yozaman, jurnal va ogohlantirishni qoʻyaman.
-
4Sinov
SizHaqiqiy buyurtmalar bilan sinaysiz.
MenUzilish va takror holatlarini ataylab sinab koʻraman.
-
5Ishga tushirish va 30 kun kuzatuv
SizXodimlarga qoʻlda koʻchirishni toʻxtatishni aytasiz.
MenJurnalni 30 kun kuzataman, uzilishlarni tuzataman.
Savollar
Xodim koʻchirib qoʻyaveradi, shart emasmi?
Kuniga bir necha qator boʻlsa, shart emas, buni aytaman. Qator koʻpaysa, xato va kechikish qimmatlashadi.
Bizdagi dasturni ulab boʻladimi?
Koʻpchiligini ha: tashqi ulanish (API), fayl almashuvi yoki maʼlumotlar bazasi orqali. Avval tekshiraman.
Davlat tizimlariga ulash mumkinmi?
Ruxsat va shartnoma tashkilot nomidan olinadi. Texnik ulashni men qilaman, hujjat yoʻlida yoʻl koʻrsataman.
Tashqi tizim ishlamay qolsa-chi?
Maʼlumot navbatda kutadi va tizim qaytgach oʻzi ketadi. Uzoq uzilish boʻlsa, sizga xabar keladi.
Ochiq aytaman
Davlat va hamkor tizimlari bilan integratsiyani Yoshlar Ishlari Agentligi portalida qilganman, Soliq qoʻmitasi uchun hamkor darvozasini yozganman, Everestʼda ERP, toʻlov va lid oqimini ulaganman. Faktura operatorlari, 1C, marketplace va CRM tizimlarining har biri bilan alohida ishlamaganman: ularni hujjati boʻyicha ulayman va muddatni tekshiruvdan keyin aytaman.
Texnik odam uchun
- REST, SOAP, JSON-RPC, webhook va fayl almashuvi; OAuth2, imzo va IP allowlist.
- Navbat va qayta urinish: Celery, idempotentlik kaliti, uzilishga chidamli webhook, qayta urinib boʻlmaydigan xatoni alohida qoʻyish.
- Jurnal: har tashqi soʻrov va javob, ariza qadamlari holati; ogohlantirish.
- Tashqi idoraga inkremental maʼlumot: imzolangan kursor, ikki faol secret bilan kalit almashtirish (Soliq qoʻmitasi darvozasi).
Kimlar uchun
- Doʻkon yoki savdo
- Oʻquv markazi
- Xizmat koʻrsatish
- Tashkilot yoki davlat